
"Geoburtekhnika" MChJ jamoasi Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaydi!
Ushbu qutlug‘ sana xalqimizning ozodligi, birdamligi va bunyodkorlik ruhining yorqin timsolidir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning izchil rivojlanishi, iqtisodiy salohiyatining yuksalishi hamda keng ko‘lamli loyihalarning amalga oshirilishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Bugun biz kelajakka ishonch bilan boqib, sanoatni rivojlantirish va yurtimiz farovonligini mustahkamlash yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishda davom etmoqdamiz. O‘zbekistonimizga tinchlik, barqarorlik, farovonlik va yangi ulkan zafarlar tilaymiz! Har bir yangi kun rivojlanish, yuksalish va muvaffaqiyatlar uchun keng imkoniyatlar olib kelsin, har bir xonadonda esa baxt-saodat, fayzu baraka va totuvlik hukm sursin. Bayramingiz muborak bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimizga tinchlik, xalqimizga birlik va O‘zbekistonga ravnaq tilaymiz! Hurmat bilan, «Geoburtexnika» kompaniyasi jamoasi