
"GEOBURTEKHNIKA" MChJ XK Toshkentda o‘tkazilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etib, burg‘ulash uskunalari va asboblarini taqdim etdi.
2025-yil 15–19 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Uzexpocentre” ko‘rgazma markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda turli sanoat tarmoqlari vakillari ishtirok etdi. “Geoburtexnika” ushbu tadbirda ishtirok etib, o‘zining burg‘ulash uskunalari va asboblarini taqdim etdi. Ko‘rgazma davomida hamkorlar bilan ish uchrashuvlari o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.