GEOBURTEHNIKAGEOBURTEHNIKA
Barcha yangiliklar

O‘zbek tili muborak bo‘lsin!

O‘zbek tili muborak bo‘lsin!

Hurmatli hamkasblar, hamkorlar va do‘stlar! «Geoburtexnika» IP MChJ jamoasi barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

O‘zbek tili — xalqimizning bebaho ma’naviy va madaniy merosi, milliy o‘zligimiz, boy tariximiz va ko‘p asrlik an’analarimizning muhim timsolidir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning rivoji va nufuzini oshirish — ajdodlarimiz merosiga hurmat va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir. O‘zbek tili bundan buyon ham insonlarni birlashtirib, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlashga, yangi marralar va ezgu maqsadlar sari ilhomlantirishga xizmat qilsin. Sizlarga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz! Har bir xonadonda ezgu so‘zlar yangrasin, har bir yangi kun quvonch, muvaffaqiyat va kelajakka ishonch olib kelsin. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, «Geoburtexnika» IP MChJ jamoasi